SportUz.Net
photo photo

Puyol Xavining "Barselona"da kuchiga ishonadi: "U muvaffaqiyatga erishadi"

22.11.2021 14:25    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" sobiq o'yinchisi Karles Puyol jamoa bosh murabbiyi Xavi haqida gapirdi.

Oldinroq, Xavi kataloniyaliklar bosh murabbiyligida Ronald Kumanni almashtirgan edi. "Barsa" debyut o'yinida "Espanol"ni 1:0 hisobida taslim etdi. 41 yoshli mutaxassisning shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

"Men Xavini juda ham yaxshi bilaman. Uning bu ishga ajoyib tayyorlanganini ham bilaman. Uning muvaffaqiyatga erishishga aminman.

Unda futbolchi tajribasi bor, uning faoliyatida ko'plab qiyin vaziyatlar bo'lgan, ammo buyuk klub bilan katta natijalarga erishgan", - deydi Puyol.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: