Xususan portugaliyalik mutaxassis shunday post qoldirdi: "Lokomotiv"ning o'z maydonidagi oxirgi o'yini!!! Men bu erda yashab qalbimda bir umr qoladigan narsalarni ko'rdim. Qo'llab-quvvatlashgani uchun "Loko"ning barcha muxlislariga rahmat. Har doim xotiramda qolasizlar".
Bundan ko'rinib turibdiki, tez orada Mikael Sekeyra "Loko" bilan xayrlashadi. "Temiryo'lchilar" ushbu murabbiy qo'l ostida Superligada hozircha 25 o'yinda maydonga tushib, 10 bor g'alaba qozonishdi, shuningdek 6ta durang va 9 mag'lubiyat kuzatildi. Sekeyraning jamoadan rasman ketish-ketmasligi yaqin kunlarda oydinlashsa kerak.
Mutlaq jahon chempioni Keti Teylor etti vazn chempioniga qarshi trilogiyada ringga ko'tarildi
CHempion SHakur Stivenson vaqtinchalik chempion Sepedadan biroz og'irroq tosh bosdi