SportUz.Net
photo photo

"Agar Levandovski faoliyati davomida "Oltin to'p" olmasa, bu unga nisbatan jinoyat bo'ladi" - Ouen

19.11.2021 09:00    


Rasmni yuklab olish

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, 2001 yilgi "Oltin to'p" sohibi Maykl Ouen ushbu sovringa bu yilgi davogarlar haqida gapirdi.

"Menimcha kovid davrida Levandovskiga "Oltin to'p" borasida omad kelmadi. O'sha mavsumda sovrinni unga bergan bo'lardim. 

Boshqa nomzodlar ham bor. Meni noto'g'ri tushunmang, lekin Salah garchi xech narsa yutmagan bo'lsada, mavsumni ajoyib o'tkazdi. Boshqa tomondan, barcha sovrinlarni yutgan Jorjino bor. Ammo u ovoz berish jarayonida Levandovskini ortda qoldira oladi deb o'ylamayman. SHuning uchun ham men Robertni tanlagan bo'lardim. 

Levandovski yana Bundesligada g'alaba qozondi. Uning statistikasi shunchaki ajoyib. SHuning uchun ham "Oltin to'p"ni Levandovski olishi kerak. Agar u faoliyati davomida umuman "Oltin to'p" olmasa, bu unga nisbatan jinoyat bo'ladi. U ajoyib futbolchi", - dedi Ouen. 

Eslatib o'tamiz, "Oltin to'p"ni topshirish marosimi 29 noyabr kuni Parijda o'tkaziladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: