SportUz.Net
photo photo

"Nyukasl" Azar uchun qancha to'lashga tayyorligini malum qildi

17.11.2021 15:25    


Rasmni yuklab olish

"Real"da o'zini ko'rsata olmagan Eden Azar APLga qaytishi mumkin.

Yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga hali ham "Nyukasl" umid qilmoqda. Klubning yangi xo'jayinlari Edenning transferiga 40 million evro miqdorida ajratishmoqchi.

O'z navbatida "blankos" prezidenti Florentino Peres uning sust o'yini va doimiy jarohatlari sabab belgiyalik bilan xayrlashishga tayyor.

Transfer yanvardagi transfer oynasida amalga oshishi mumkin. Azar joriy mavsum La Liga doirasidagi 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: