SportUz.Net
photo photo

Franciya 26 ta rasmiy o'yindan buyon yutqazmayapti. Rekordga oz qoldi

14.11.2021 11:50    


Rasmni yuklab olish

Franciya JCH-2022 saralashida Qozog'iston ustidan g'alaba qozondi.

Bu orqali franciyaliklar rasmiy o'yinlardagi mag'lubiyatsiz seriyani 26taga etkazib olishdi (18 g'alaba, 8 durang). 

Bu Franciya uchun davomiyligi bo'yicha ikkinchi mag'lubiyatsiz seriya hisoblanadi. Eng uzun seriya 1994 yilning sentyabridan 1999 yilning mart oyigacha davom etgan - 27 ta o'yin. 

Keyingi uchrashuvda Desham shogirdlari 16 noyabr kuni Finlyandiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradilar.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: