SportUz.Net
photo photo

Depay Niderlandiya to'purarlari ro'yxati ichida 4-o'ringa chiqib oldi

14.11.2021 10:00    


Rasmni yuklab olish

Niderlandiya JCH-2022 saralashi doirasida CHernogoriya bilan safarda 2:2 hisobini qayd etdi.

O'yinning 25-daqiqasida Depay hisobni ochdi. U penaltidan gol urdi. Bu Memfis uchun terma jamoa safidagi 36-gol bo'ldi. 54-daqiqada esa u terma jamoasi uchun 37-golini urdi. 

27 yoshli futbolchi bu orqali Rud van Nistelroyni (35) ortda qoldirdi. Endi Depay o'z mamlakati terma jamoasining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida Aren Robben va Dennis Bergkamp bilan birga 4-o'rinni egallab turibdi. 

Undan Patrik Klyuvert (40), Klas-Yan Xuntelar (42) va Robin van Persi (50) kabi futbolchilar ko'p gol urishgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: