SportUz.Net
photo photo

Inesta "Barselona"ga qaytishni istamoqda

12.11.2021 22:50    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" sobiq futbolchisi Andres Inesta Kataloniya klubiga qaytish istagini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Inesta 2018 yildan buyon Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubida to'p surmoqda. Hozirda yarim himoyachi 37 yoshni qarshilagan.

"Kelajakda nima bo'lishini bilmayman, lekin faoliyatimning qaysidir bosqichida "Barselona"ga qaytishni istardim. Qaysi lavozimda ekanligini bilmayman.

Men "Barselona"ga, o'z uyimga qaytib, klubga qandaydir tarzda yordam berishni xohlayman. Ammo kelajakni hech kim bilmaydi", - dedi Inesta.

Eslatib o'tamiz, Xavi hafta boshida "Barselona" bosh murabbiyiga aylangandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: