SportUz.Net
photo photo

Eldor SHomurodov Gruziyaga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi

09.11.2021 15:00    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston terma jamoasi va "Roma" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov bugungi mashg'ulotlardan oldin intervyu berdi.

- Bo'lajak raqib Gruziya haqida nima deya olasiz?
- Gruziya Evropa qitasi jamoasi hisoblanadi. SHu bois kuchli raqiblardan biri, yaxshi futbolchilarga ega. Biz uchun juda ham foydali o'yinlardan biri bo'ladi.

- Faoliyatizda golsiz seriyalar bo'lgan, so'nggi turda "Roma" safida gol urdingiz. Bu endi golli seriya boshlanishiga sabab bo'ladi deb o'ylaysizmi?

- Hammasi yaratgandan. Har doim gol urish uchun maydonga tushganman. Bundan buyog'iga ham harakat qilaman.

- Srechko Katanec haqida qanday fikrdasiz?

- Barchasi joyida. Yigitlar bilan ham tezda chiqishib ketdi. Mashg'ulotlari ham ancha qiziq.

- Iordaniyaga qarshi o'yin (0:3) muammolarimizni to'liq ochib berdi desak bo'ladimi?

- Bunday demagan bo'lardim, chunki u erda futboldan tashqari ham muammolar ham bo'ldi. To'g'ri eng yaxshi o'yinlarimizni ko'rsata olmadik. Lekin kerakli xulosalar chiqardik. Gruziya bilan umuman boshqacha o'yin bo'ladi deb aniq ayta olaman.

- Terma jamoada ham, "Roma"da ham evropalik murabbiy qo'l ostida ishlayapsiz. O'xshashlik va farqli tomonlari nimada?

- Har bir murabbiyning o'z uslubi bor, farqi bor katta. Lekin terma jamoada terma jamoa uchun, klubda klub uchun harakat qilamiz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: