SportUz.Net
photo photo

Yosh futbolchilar Qarshidagi “Qatag'on qurbonlari xotirasi” muzeyida bo'lishdi + FOTO

09.11.2021 09:50    


Rasmni yuklab olish

Qashqadaryo viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi yosh sportchi-o'quvchilari Qarshi shahridagi Odina masjidida tashkil etilgan "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyida bo'lishdi.

O'quvchilar Turkiston o'lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati va qatag'onlarni aks ettiruvchi noyob tarixiy fotosuratlar, xaritalar, ashyolar va boshqa manbalar bilan yaqindan tanishishdi. 

SHuningdek, sportchi-o'quvchilar mustaqillik yillarida tarixiy haqiqat va adolatni tiklanishi nomli bo'limidagi buyuk ajdodlarimiz hayoti, ularning boy manaviy merosi mustaqillik davrida xususan, so'nggi yillarda talim, tibbiyot, sport, qishloq xo'jaligi sohalarida amalga oshirilgan islohotlar xususidagi malumotlarga ham ega bu‌lishdi. 

Bundan tashqari futbol mahorati maktabi o'quvchilari muzeyda tashkil qilingan yoshlar klubi hamda kutubxonani ham ko'zdan kechirishdi.

Takidlash joiz, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ko'rsatgan jasorati va ibratli faoliyatlari bilan tanishtirish yoshlarning manaviyati yuksalishiga, tug'ilib o'sgan manzil-makoniga mehr va muhabbatli bo'lishiga xizmat qiladi.

SHavkat RO'ZIEV, Qashqadaryo viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasining manaviyat-marifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: