SportUz.Net

Ertaga SHevchenko "Jenoa" bilan shartnoma imzolash uchun Italiyaga uchib boradi

07.11.2021 14:25    


Rasmni yuklab olish

Ukraina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Andrey SHevchenko "Jenoa" bilan shartnoma imzolaydi.

U bitim tuzish uchun dushanba kuni Italiyaga uchadi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda. Murabbiy "Jenoa"da 1,8 mln evro (+bonuslar) maosh oladi.

45 yoshli ukrainalik 2016-2021 yillarda Ukraina terma jamoasini boshqardi. "Jenoa" esa kecha Davide Ballardinini istefoga chiqardi.

Jamoa ayni damda A Seriyada 12 o'yindan so'ng 9 ochko jamg'argan holda, turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: