SportUz.Net
photo photo

"Barselona" Agueroga Xitoydan o'rinbosar topdi

06.11.2021 18:50    


Rasmni yuklab olish

"Beyjing Goan" hujumchisi Sedrik Bakambu faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

30 yoshli afriyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga Serxio Agueroning jarohatidan so'ng unga o'rinbosar qidirayotgan "Barselona" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" Sedrikni tekinga o'z safiga qo'shib olishi mumkin, sababi uning xitoyliklar bilan tuzgan shartnomasi joriy yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Bakambu joriy mavsum Xitoy chempionati doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: