SportUz.Net
photo photo

Ikki "Real" uchrashuvida "Atletiko" va "Barselona" yutdi

02.03.2021 08:23    


Rasmni yuklab olish

Ispaniya chempionatining 25-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv "Estadio Alfredo Di Stefano" stadionida bo'lib o'tdi.

Unda Madridning "Real" klubi San-Sebastyanning "Real Sosedad" jamoasi bilan to'qnash keldi. O'yinning 89-daqiqasida Vinisius Junior tomonidan kiritilgan gol "Qirollik klubi"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Ushbu durang "Atletiko" va "Barselona" foydasiga xizmat qildi.   

"Real Madrid" – "Real Sosedad" 1:1

"Estadio Alfredo Di Stefano"stadioni

Gollar: 0:1 – 55 Portu, 1:1 – 89 Vinisius Junior.

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Varan, Nacho, Vaskes, Modrich (Valverde, 76), Kroos, Isko (Vinisius Junior, 61), Kazemiro, Asensio (Rodrigo, 61), Mariano Dias (Duro, 61).

"Real Sosedad" – Remiro, Le Norman, Gorosabel (Sanyan, 82), Monreal, Subeldiya, Silva (Munos, 85), Gevara, Portu (Barrenechea, 72), Subimendi, Oyarsabal, Isak (Fernandes, 82).

Ogohlantirish: Gorosabel (76).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: