SportUz.Net
photo photo

ECHL. Benzemaning dubli "Real"ga 3 ochko keltirdi, Yaxshiboev jamoasi "Inter"ga yutqazdi

04.11.2021 07:25    


Rasmni yuklab olish

Evropa CHempionlar ligasida guruh bosqichining 4-tur uchrashuvlari davom ettirildi.

Madridning "Real" klubi o'z maydonida Ukrainaning "SHaxtyor" jamoasini Karim Benzemaning dubli evaziga 2:1 hisobida mag'lub etdi. Guruhning ikkinchi o'yinida Moldova chempioni "SHerif" o'z maydonida Milanning "Inter" jamoasisha 1:3 hisobida yutqazdi. Boshlang'ich tarkibda maydonga tushgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev 82-daqiqada o'z o'rnini Julenga bo'shatib berdi.   

"Real Madrid" – "SHaxtyor" 2:1

Gollar: 1:0 – 14 Benzema, 1:1 – 39 Fernando Pedro, 2:1 – 61 Benzema.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal (Nacho, 66), Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes, Benzema (Yovich, 79), Vinisius Junior.

"SHaxtyor" – Trubin, Dodo, Marlon, Matvienko, Ismaili, Stepanenko (Sudakov, 80), Alan Patrik (Markos Antonio, 79), Maykon, Mudrik (Solomon, 71), Tete (Marlos, 79), Fernando Pedro (Dentino, 86).

Ogohlantirishlar: Mendi (39), Kazemiro (63), Dentino (90).

"SHerif" – "Inter" 1:3

"SHerif" o'yingohi

Gollar: 0:1 – 54 Brozovich, 0:2 – 66 SHkrinyar, 0:3 – 82 Sanches, 1:3 – 90 Traore.

"SHerif" – Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos (Bruno, 73), Till, Addo (Radelich, 62), Traore, Kastaneda, Yaxshiboev (Julen, 82).

"Inter" – Xandanovich, Darmian (Dumfris, 46), de Vrey (Ranokkiya, 85), SHkrinyar, Bastoni, Dimarko (Perishich, 64), Vidal, Brozovich, Barella, Jeko (Korrea, 81), Martines (Sanches, 82).

Ogohlantirishlar: Addo (35), Darmian (43), Kristiano (51), Kolovos (61), Fernando (63), SHkrinyar (67).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: