SportUz.Net
photo photo

ECHL. Levandovski Messi va Ronalduning natijasidan o'tib ketdi

03.11.2021 11:25    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, kecha oqshom “Bavariya” klubi CHempionlar Ligasi 4-turida “Benfika”dan 5:2 hisobida ustun keldi.

O'yinda xet-trikka erishgan Robert Levandovski musobaqadagi 80-golini urdi. U ushbu natijasiga yubiley 100-uchrashuvida erishdi. 

Polshalik bunga Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan ko'ra tezroq erishdi. Messi ECHLdagi 80-to'pini 102-o'yinida kiritgan bo'lsa, Ronalduga shuncha gol urishi uchun 116 uchrashuvda maydonga tushish talab qilingandi.

Eslatib o'tamiz, 33 yoshli Levandovski musobaqa joriy mavsumidagi gollari sonini 8 taga (+1 assist) etkazib, yaqqol to'purar bo'lib turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: