SportUz.Net

Garet Beyl bir haftadan so'ng "Real" mashg'ulotlariga qo'shiladi

27.10.2021 11:25    


Rasmni yuklab olish

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Garet Beylning jarohatdan so'ng jamoaga qaytishga yaqinligini malum qildi.

"Garet kecha tibbiy ruxsat oldi va u bir haftadan so'ng jamoa bilan mashg'ulotlar o'tkaza oladi deb o'ylayman. U "Rayo Valekano"ga qarshi o'ynashi mumkin", - deydi Anchelotti.

32 yoshli uelslik futbolchi "Selta"ga qarshi sentyabr oyi boshidagi o'yindan oldin jarohat olgan edi. "Rayo"ga qarshi bahs 6 noyabrda bo'lib o'tadi.

Beyl joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: