SportUz.Net
photo photo

“Atletiko” mehmonda muhim g'alabaga erishdi

01.03.2021 09:23    


Rasmni yuklab olish

Ispaniya chempionati 25-turidan o'rin olgan "Vilyarreal" – "Atletiko" o'yinida madridliklar 2:0 natijasi bilan g'alabaga erishdi.

Uchrashuvda hisob mezbonlar azosi Alfonso Pedrasaning avtogolidan so'ng ochildi. Keyin esa 2-taym boshida maydonga tushgan Joau Feliks 69-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etdi va o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi – 2:0.

“Matraschilar” turnir jadvalida 58 ochko bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

"Vilyarreal" – "Atletiko" 0:2 (0:1, 0:1)

"Estadio de la Seramika"

Gollar: 0:1 – 25, avtogol Pedrasa, 0:2 – 69 Joau Feliks.

"Vilyarreal" – Asenxo, Foyt, Pau Torres, Albiol, Pedrasa (Estupinyan, 60), Parexo, Kapu (Kosta, 71), CHukvueze, Trigeros (Aleks Baena, 71), Moyses Gomes (Bakka, 60), Jerar Moreno.

"Atletiko" – Oblak, Felipe, Ermoso, Savich, Vrsalko, Lemar (Joau Feliks, 46), Lorente, Koke, Saul, Korrea (Torreyra, 83), Suares (Kondogbia, 76).

Ogohlantirishlar: Kosta (30), Felipe (35), Lemar (45), Saul (47), Albiol (51).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: