Polshalik futbolchida faoliyatini Angliyada davom ettirish varianti bor edi.
Uning xizmatlariga Londonning "CHelsi" klubi qiziqish bildirgandi. Tomonlar muzokaralar o'tkazishdi, ammo nemis grandining moliyaviy talablari sabab bitim bekor bo'ldi.
"Bavariya" 33 yoshli o'yinchining sotuvidan 150 mln evro ishlab olmoqchi edi. "Aristokratlar" bunga ko'nishmadi va yakunda Romelu Lukaku bilan shartnoma imzolashdi.