SportUz.Net
photo photo

Ronaldu “Yuventus”ning XXI asrdagi eng yaxshi to'purarlari qatorida

28.02.2021 10:23    


Rasmni yuklab olish

“Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu Italiya A seriyasining navbatdagi turida jamoasining “Verona”ga (1:1) qarshi bahsida gol urishga erishdi.

Bu portugaliyalik futbolchining A seriyadagi 71-goli sifatida qayd etildi va u Turin klubining XXI asrdagi to'purarlari ro'yxatida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Kechagi o'yindagi goli bilan Ronaldu jamoadoshi Dibaladan (70 gol) o'zib ketdi.

“Yuve”ning yangi asrdagi to'purarlari ro'yxatini Alessandro Del Pero (188 gol) boshqarib bormoqda undan keyingi pog'onani David Trezege (123 gol) egallab turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: