SportUz.Net
photo photo

“Barselona” “Inter” himoyachisini sotib olmoqchi

28.02.2021 09:23    


Rasmni yuklab olish

“Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni “Barselona” qiziqishlari doirasida, deya xabar bermoqda Goal nashri.

Xabarlarga ko'ra, kataloniya klubi 21 yoshli futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzmoqchi. Ammo “Inter” futbolchini osonlik bilan qo'yib yubormoqchi emas. Agar italiyaliklar futbolchining transferiga rozi bo'lishgan taqdirda ham uni 60 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.

Bastoni 2017 yildan buyon “Inter” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning milanliklar bilan kelishuvi 2023 yilga qadar mo'ljallagan. Faoliyati davomida futbolchi “Atalanta” va “Parma” tarkibida ham harakat qilgan.

Joriy mavsumda Bastoni Italiya chempionatida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: