15 oktyabr kuni Sport Arbitraj Sudiga apellyaciya berish muddati tugaydi. SHundan so'ng, FIFA qarori kuchga kiradi va muammo Andrey Kanchelskis foydasiga hal bo'ladi. Klub murabbiyga 1,6 million dollar va qo'shimcha foizlarni to'lab berishi shart.
"Navbahor" hozirgacha apellyaciya berish huquqidan foydalangani yo'q, bundan tashqari rossiyalik murabbiyga yaqin manbaning malum qilishicha, Namangan klubi murabbiy bilan o'zaro kelishuvga erishmoqchi, ammo tomonlar kelishuvga erishishga yaqin emaslar, vaqt ham Kanchelskis foydasiga o'tmoqda.
Eslatib o'tamiz, Andrey Kanchelskis "Navbahor"da 2018 yil oktyabr oyida 2019 yil iyun oyiga qadar ishlagan, o'sha yilning avgust oyida klubga qaytgan. 2020 yil oktyabr oyida o'z lavozimini tark etgan.
Osiyo chempionati. O'zbekiston ayollar terma jamoasi eng ko'p finalchi bilan ishtirok etadi
Tayson Fyuri Usik bilan revanshga ikki hafta qolganida qanday holatda ekanligini ko'rsatdi (FOTO)
Sergey Bogachukning promouteri Madrimovga qarshi bekor bo'lgan jangga munosabat bildirdi