SportUz.Net

Laporta: "Messi "Barselona" uchun tekinga o'ynashini kutgandim"

08.10.2021 16:50    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" prezidenti Joan Laporta PSJga ketgan Leo Messi haqida gapirdi.

"Messini juda ham yaxshi ko'raman. Biroq vaqtlar o'tib tushunasanki, baribir ikki tomon ham kelisha olmaydi.

Ha, barcha uning qolishini istadi. Ammo tushayotgan taklif uni bosim ostiga solib qo'ydi. U "Barsa"da qolmaydigan bo'lsa, PSJga o'tishini bilardi.

U "Barselona" tarixidagi eng yaxshi futbolchi sifatida eslanadi va men shunday bo'lib qolishini istardim. U "Barselona"dan ketgunicha PSJdan yirik taklif olganini bilardik.

Leo qarorini chiqarganida ham buning "Barselona" foydasiga ishlashini aytdi. O'shanda Messi o'zining xizmatlarini tekinga taklif qilishiga umid bog'lagandim. Lekin bunday toifadagi futbolchilar hech qachon bu kabi ish qilmaydi.

Oramizdagi munosabatlar alo darajada. Agarda biz taklifimizni yaxshilaganimizda u qolgan bo'lardi. Biroq o'shanda biz qonun-qoidalarni buzgan hisoblanardik", - dedi Laporta.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: