SportUz.Net

Mbappe: "PSJdan yozda ketsam, faqatgina "Real"ga yo'l olardim"

05.10.2021 09:25    


Rasmni yuklab olish

PSJ forvardi Kilian Mbappe yozgi transfer oynasida klubdan ketishi mumkin bo'lganini aytdi.

"Men PSJga bog'langanman. Agar yozda ketsam, bu faqat "Real"ga bo'lar edi. Yozdagi maqsadlarim malum edi", - deydi Mbappe.

Mbappening klub bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, futbolchi esa bitimni uzaytirmoqchi emas.

Kilian 2021/22 yilgi mavsum PSJ tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: