SportUz.Net
photo photo

Benzin muammosi faqat bizdamas, Ronalduning haydovchisi Angliyada 7 soat benzinni kutdi va ...

01.10.2021 19:50    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Yunayted" forvardi Krishtianu Ronalduning haydovchisi Krishtianu Ronaldu yoqilg'i quyish shahobchasida 7 soatni o'tkazdi, ammo 300 ming evro atrofida turadigan Bentley Flying Spur yangi avtomobiliga benzin to'ldira olmadi.

Haydovchi soat 2da shahobchaga keldi, ammo benzina yo'qligi malum bo'ldi. Unga Range Rover'da kelgan Krishtianuning tan soqchilaridan biri hamrohlik qildi. Ular kechgi 9gacha kutishdi va benzinsiz qaytishdi. Buyuk Britaniyada ayni damda yoqilg'i etkazib berish bilan muammo mavjud.

"Ular yoqilg'i etkazib berilishini kutishdi, ammo yakunda ketishga majbur bo'lishdi. Ikki erkak yomg'irda uzoq turishdi va bu holatdan charchagan ko'rinishdi", - deydi manba.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: