SportUz.Net

Toni Kroos sog'ligidagi muammo haqida gapirdi

27.09.2021 19:25    


Rasmni yuklab olish

"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos jarohatidan qutulganidan keyin sog'ligi haqida gapirdi.

31 yoshli germaniyalik futbolchi ushbu mavsum hali birorta o'yinda maydonga tushmadi.

"Tiklanganimdan mamnunman, sababi 6-7 oy davomida birorta mashg'ulotni og'riqsiz o'tkaza olmadim. Hozirda o'zimni yaxshi his qilyapman. 29 iyundan beri o'ynamadim, shunday ekan o'yin ritmini yig'ib olishim kerak. Ammo, asosiysi, endilikda meni hech narsa bezovta qilmaydi. Hozir endi o'yinlar haqida gapirish mumkin", - deydi Kroos.

31 yoshli nemisga mavsum avvalida lobalgiya tashxisi  (surunkali dumg'uza og'rig'i sindromi) qo'yilgandi. Xavbek avgustda operaciya qilindi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: