SportUz.Net
photo photo

O'zbekiston Superligasidagi eng qimmat futbolchilar (TOP-10)

26.02.2021 13:23    


Rasmni yuklab olish

Superliganing yangi mavsumi boshlanishiga juda oz vaqt qoldi.

SHu o'rinda bo'lajak mavsum boshlanishidan oldin futbolchilarning transfer narxlariga etibor qaratishga qaror qildik.

CHempionatimizni Jaloliddin Masharipov (2 million evro), Igor Sergeev (1 million 500 ming evro), Dostonbek Hamdamov (1 million 200 ming evro) va Bobir Abdixoliqov (900 ming evro) kabi narxi qimmat futbolchilar tark etishdi. Endi "Paxtakor" yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov O'zbekiston chempionatining eng qimmat futbolchisiga aylandi. Transfermarkt portaliga ko'ra, Hamrobekovning ayni paytdagi transfer narxi 1 million evroga teng.



Keyingi ikki o'rinni ham "Paxtakor" vakillari band etishgan. O'ng qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonovning transfer qiymati 900 ming evroga baholanmoqda. Yaqinda "SHerlar" bilan shartnoma tuzgan Sardor Rashidovning narxi esa 850 ming evroga teng. 



"Bunyodkor" etakchisi Nurillo To'xtasinovning narxi 800 ming evro deb qayd etilgan. O'tgan mavsum chempionat to'purari bo'lgan Dragan CHeranning narxi tushgan va endi 750 ming evroga teng. Futbolchining transfer narxi uning yoshi o'tishi bilan tushib boradi, shu bois CHeran ko'p gol urganiga qaramay narxi tushirilgan.



Farruh Sayfievning narxi CHeran bilan bir xil - 750 ming evro.

Sardor Sobirxo'jaev, Temurxo'ja Abduxoliqov, Eldorbek Suyunov, Igor Golban, Azizbek Turg'unboev, Yovan Jokich va Egor Krimecning narxlari teng - 700 ming evro.

 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: