SportUz.Net
photo photo

Anchelotti "Vilyarreal" bilan o'yindagi durangga izoh berdi

26.09.2021 11:50    


Rasmni yuklab olish

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 7-tur doirasidagi "Vilyarreal" (0:0)ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Biz bosim o'tkazishga harakat qildik, ammo ular to'pni juda ajoyib harakatlantirishdi, uni nazorat qilishdi va biz uchun hayotni qiyinlashtirishdi. Biz ushbu mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni o'tkazmaganimiz aniq. Kurtuadek darvozabonimiz borligi esa omadimiz. U ajoyib o'ynadi va haqiqatdan ham bizni qutqardi.

Durangdan xafa emasman, sababi "Vilyarreal" bilan shunday bo'lishi mumkin. Biz chempionatdagi yo'limizni davom ettirammiz. Men Modrich va Kazemiro charchadi deb o'ylamayman, ular Kamavingadek ko'p ishlashdi, shunday ekan bu ajablanarli emas. Ularning o'yinidan qoniqdim", - deydi Anchelotti.

"Real" 17 ochko bilan jadvalda etakchilik qilmoqda. "Vilyarreal" esa 8 ochko bilan 10-o'rinda joylashgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: