Uchrashuvda "Qirolik klubi" irodali g'alabaga erishdi. Avvaliga 86-daqiqada Vinisius Junior hisobni tenglashtirdi. Oradan ikki daqiqa o'tib Karim Benzema g'alaba to'pini kiritdi. Turning markaziy o'yinidagi g'alaba "Real"ni La Liga turnir jadvali peshqadamiga aylantirdi.
"Valensiya" — "Real Madrid" 1:2
"Mestalya" stadioni
Gollar: 1:0 – 66 Duro, 1:1 – 86 Vinisius Junior, 1:2 – 88 Benzema.
"Valensiya" – Mamardashvili, Terri Korreyya (Toni Lato, 23), Gabriel Paulista, Alderete, Fulke, Soler (Musa, 15), Gilyamon, Vass, Gedesh (Elder Koshta, 79), Maksi Gomes (Rachich, 80), Duro (Markos Andre, 79).
"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 26), Alaba, Militao, Nacho, Valverde (Isko, 78), Modrich (Rodrigo, 67), Kazemiro (Kamavinga, 67), Benzema, Azar (Yovich, 78), Vinisius Junior.
Ogohlantirishlar: Gabriel Paulista (39), Kazemiro (45), Nacho (56), Rodrigo (81), Vinisius Junior (90), Kamavinga (90).