SportUz.Net
photo photo

Superliganing 2021 yilgi mavsumiga 20 fevral kuni qura tashlanadi

08.02.2021 11:23    


Rasmni yuklab olish

20 fevral - shanba kuni Superliganing 2021 yilgi mavsumiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Marosim 18:15 dan boshlab “Sport” telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.

2020 yilgi pandemiya sabab musobaqalar 20 dekabr sanasiga qadar davom etganidan xabaringiz bor. SHundan kelib chiqib, qishki transfer oynasi o'tgan yillardagi kabi 17 dekabrda emas, 4 yanvar sanasida ochildi va u 12 martga qadar davom etadi. 

2021 yilgi mavsum mamlakatning amaldagi chempioni “Paxtakor” hamda vice-chempioni “Nasaf” o'rtasidagi Superkubok uchrashuvi bilan start oladi. Mazkur bellashuv 6 mart — shanba kuni bo'lib o'tadi. Superkubok uchrashuviga qaysi stadion mezbonlik qilishi yaqin orada elon qilinadi.  

9 mart kuni esa Superliganing ilk turi boshlanishi belgilangan. 22 martdagi FIFA kuniga qadar Superliganing 3 ta turi bo'lib o'tadi. Hozirgacha Superliganing iyul oyiga qadar bo'lib o'tadigan 13 ta turi hamda O'zbekiston kubogining guruh bosqichi va 1/8 final uchrashuvlari sanalari rejaga kiritilgan. Biroq ayni vaqtda OFK CHempionlar ligasi hamda OFK kubogining markazlashtirilgan formatdagi guruh bosqichiga mezbonlik qiluvchi mamlakatlarni aniqlayotgani va bunda O'zbekiston shaharlarining ham ehtimoliy mezbonligi bor ekanidan kelib chiqib, 2021 yilgi mavsum taqvimi biroz keyinroq ochiqlanadi. 

Malumot uchun, Superliganing 2021 yilgi mavsumida ham g'oliblik uchun 14 ta klub kurash olib boradi: “Paxtakor”, “Nasaf”, AGMK, “Bunyodkor”, Qo'qon-1912”, “So'g'diyona”, “Metallurg”, “Navbahor”, “Lokomotiv”, “Mashal”, “Qizilqum”, “Surxon”, “Andijon” va “Turon”. Mavsum yakuniga ko'ra so'nggi ikki o'rindan joy olgan klub Pro ligaga tushiriladi. Superliganing 12-o'rnidan joy olgan klub esa Pro liganing uchinchi jamoasiga qarshi o'tish o'yinini avvalgi yildagi kabi safarda o'tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: