SportUz.Net
photo photo

Dibala sentyabr so'nggiga qadar "Yuventus" bilan shartnomani uzaytiradi

18.09.2021 18:25    


Rasmni yuklab olish

"Yuventus" forvardi Paulo Dibala klub bilan shartnomasini uzaytiradi.

Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, 27 yoshli argentinalik futbolchi sentyabr oyi so'nggiga qadar klub rahbariyati bilan yakuniy uchrashuvni o'tkazadi va shartnomaga imzo chekadi.

Bitim 2025 yilga qadar imzolanishi kutilmoqda.

Dibala "Yuventus"da 2015 yildan beri o'ynaydi. Hujumchi joriy mavsum 3ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: