SportUz.Net
photo photo

Futzal. JCH-2021. Bugun O'zbekiston Misrga qarshi bahs olib boradi

18.09.2021 10:25    


Rasmni yuklab olish

Bugun, 18 sentyabr, futzal bo'yicha jahon chempionatining navbatdagi bahslari bo'lib o'tadi.

O'zbekiston futzal terma jamoasi bugun JCH guruh bosqich 3-tur doirasida Misr bilan o'ynaydi.

Xabaringiz bor, dastlabki turda termamiz Gvatemalaga 4:5 hisobida, Rossiyaga esa 2:4 hisobida yutqazib qo'ygandi. Ushbu ikki mag'lubiyatdan keyin ham terma jamoamizda guruhdan chiqish imkoniyati saqlanib turibdi. 

O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00da Vilnyusdagi "Vilnius Arena" majmuasida start oladi.

Hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz!

3-tur oldidan guruhimizdagi vaziyat quyidagicha ko'rinish olgan:



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: