"Tomonlar suhbatlashishmoqda, biz barchamiz pozitiv kayfiyatdamiz va qandaydir yakunga kelishga umid qilamiz. Ushbu haftada yangi uchrashuv bo'ladi deb o'ylayman", - deydi Dibala.
Argentinalik hujumchining amaldagi shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Forvard joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 2 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.