SportUz.Net
photo photo

La Liga. "Santyago Bernabeu"dagi o'yinda ettita gol kiritildi

13.09.2021 08:50    


Rasmni yuklab olish

Ispaniya La Ligasining 4-turi doirasidagi "Real" - "Selta" uchrashuvi gollarga boy bo'ldi.

Garchi "Qirollik klubi" birinchi o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, yakunda yirik 5:2 hisobidagi g'alabani tantana qildi. Karim Benzema xet-trikka erishdi.  

"Real Madrid" - "Selta" 5:2

Gollar: 0:1 – 4 Santi Mina, 1:1 – 24 Benzema, 1:2 – 31 Servi, 2:2 – 46 Benzema, 3:2 – 54 Vinisius Junior, 4:2 – 72 Kamavinga, 5:2 – 87, penalti Benzema.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Nacho, Militao, Migel Guterres (Marselo, 89), Valverde, Modrich (Asensio, 79), Kazemiro, Benzema, Azar (Kamavinga, 66), Vinisius Junior (Rodrigo, 89).

"Selta" – Dituro, Malo, Arauxo, Murilo (Aydu, 89), Galan, Denis Suares, Tapiya (Beltran, 46), Mendes (Solari, 52), Servi (Nolito, 63), Aspas, Santi Mina (Galyardo, 63).

Ogohlantirishlar: Nacho (32), Murilo (43), Vinisius Junior (55), Arauxo (63), Solari (63).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: