SportUz.Net
photo photo

"Roma" Mourinyuning 1000-o'yinida "Sassuolo"ni yutdi, SHomurodov g'alaba goliga assistentlik qildi

13.09.2021 07:25    


Rasmni yuklab olish

Italiya chempionatining 3-turidan o'rin olgan uchrashuvda Rimning "Roma" klubi o'z maydonida "Sassuolo" jamoasini qabul qildi va qiyin g'alabaga erishdi.

Aynan zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yin taqdirini hal qilishdi. Hamyurtimiz Eldor SHomurodovning to'p uzatishini El-SHaaravi golga aylantirdi. Bu g'alaba goli edi. Joze Mourinyu murabbiylikdagi 1000-g'alabasiga erishdi.   

Roma – Sassuolo 2:1 (1:0) 

«Stadio Olimpiko»

Gollar: Kristante 37', El-SHaaravi 90+1' – Jurichich 57'

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Ibanes, Manchini, Vinya, Mxitaryan (El-SHaaravi, 70), Veretu (Peres, 74), Kristante, Pellegrini, Zanolo (SHomurodov, 74), Abraxam.

Sassuolo – Konsili, Tolyan, Kirikesh, Ferrari, Rojerio, Jurichich (Traore, 84), Lopes, Boga (Kiriopulos, 89), Frattezi (Ayxan, 84), Berardi (Defrel, 77), Raspadori (Skamakka, 46).

Ogohlantirishlar: Kirikesh (36), Ibanes (43), Kristante (66).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: