SportUz.Net
photo photo

"Barselona" Albaga o'rinbosar topdi

08.09.2021 16:25    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" jamoaning qanot himoyachisi Xordi Albaga o'rinbosar izlashni boshladi.

"Ko'k-anorranglilar" "Valensiya" futbolchisi Xose Gayyaning variantini ko'rib chiqishmoqda. Uning "ko'rshapalaklar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Agar tomonlar shartnomani uzaytirish borasida kelisha olishmasa, o'yinchi katta ehtimol bilan sotiladi. Bu vaziyatdan "Barselona" foydalanmoqchi.

Xose Valensiya klubi tabriyalanuvchisi hisoblanadi. U 2014 yildan beri asosiy jamoada o'ynaydi.

26 yoshli himoyachi joriy mavsum La Liga doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: