SportUz.Net
photo photo

O'zbekistonlik futbolchi CHempionlar ligasi qaydnomasiga kiritildi

04.09.2021 17:50    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, o'zbekistonlik xavbek Jasur Yaxshiboev CHL debyutanti "SHerif" safida ijara asosida o'ynamoqda.

UEFA rasmiy saytining malumotiga ko'ra, Jasur Yaxshiboev "SHerif"ning Evropa CHempionlar Ligasi uchun qaydnomasiga kiritilgan.

Hamyurtimiz Moldova jamoasi tarkibida 17-raqam ostida harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, ushbu jamoa o'z tarixida ilk bor CHLda ishtirok etadi. Klub guruh bosqichida "Real", "Inter" va "SHaxtyor" (Doneck) klublari bilan o'ynaydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: