SportUz.Net
photo photo

Rasmiy xabar: Jasurbek Yaxshiboev ECHLda "Real"ga qarshi o'ynaydigan jamoaga o'tdi!

31.08.2021 08:50    


Rasmni yuklab olish

Moldovaning "SHerif" klubi Jasurbek Yaxshiboev bilan shartnoma imzoladi.

Tibbiy ko'rikdan keyin tomonlar shartnoma imzolaydi. "Paxtakor" futbol klubi tarbiyalanuvchisi 2020 yilda Belarusning "Energetik-BGU", keyinchalik "SHaxtyor" jamoalari tarkibida o'ynagandi. Yil boshida "Legiya"ga ko'chib o'tgan futbolchi jamoa tarkibida birorta o'yinda maydonga tushmadi.

Qayd etish kerak, "SHerif" Moldova tarixida ilk marta ECHL guruh bosqichiga yo'llanma oldi va birinchi urinishdayoq "o'lim" guruhidan o'rin oldi. Jamoa ECHLda Doneckning "SHaxtyor", Madridning "Real"i va Milanning "Inter"iga qarshi bahs olib boradi.

Championat.asia malumotlariga ko'ra, "Legiya" uzoq vaqt jarohatini tiklash bilan band bo'lgan futbolchini aynan CHL oldidan tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan "SHerif"ga 6 oyga ijaraga berdi. Bundan tashqari, Polsha klubi hamyurtimizda ko'proq o'yin amaliyoti bo'lishini istadi.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: