SportUz.Net
photo photo

“Sportni sev, sport bilan yasha” "CHaqa"da + FOTO

24.02.2021 08:23    


Rasmni yuklab olish

Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi "CHaqa" mahallasi hududida joylashgan suniy qoplamali maydonida "Mahallada futbol" nomi ostida musobaqa o'tkazildi.

Viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat futbol associaciyasi hamda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining viloyatdagi vakillari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini taminlash maqsadida “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida 18-30 yoshli mahalla yoshlari o'rtasida sportning mini futbol turi bo'yicha “Mahallada futbol” nomi ostida musobaqa o'tkazildi va unda 200 nafarga yaqin sportsevar aholi ishtirok etdi.

Mazkur mini futbol musobaqasida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komil Xalmatov, viloyat futbol associaciyasi hamda “Nasaf” FK rahbariyati xodimlari ham ishtirok etishib, musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi.

G'olib va sovrindor jamoalar:

1-o'rin 1993-yillar jamoasi;

2-o'rin 1994-yillar jamoasi;

3-o'rin 1981-yillar jamoasi;

Musobaqa so'ngida g'olib-sovrindor bo'lgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alar bilan takdirlanishdi. SHuningdek, musobaqa jarayonida eng faol ishtirok etgan holda o'z mahoratini namoyish etgan ishtirokchilar “Eng yaxshi to'purar”, “Eng yaxshi darvozobon” va “Eng yaxshi jamoa” nominaciyalari bo'yicha ham taqdirlanishdi.

Faxriddin CHoriev, saytimizning Qashqadaryodagi muxbiri



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: