SportUz.Net
photo photo

Ruben Diash "Manchester Siti" bilan shartnomasini 2027 yilga qadar uzaytirdi

30.08.2021 21:00    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Siti" himoyachisi Ruben Diash klub bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzoladi.

Kelishuv endilikda 2027 yilga qadar mo'ljallandi. Bu haqda "shaharliklar" rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Yangi shartnoma imzolashdan juda ham mamnunman. O'tgan mavsum "Man Siti"ga kelgan har bir daqiqamdan beri zavq olyapman. Bu ajoyib jamoaning bir qismi bo'lish yoqimli", - deydi himoyachi.

24 yoshli Diash o'tgan mavsum APLda eng yaxshi o'yinchi deb topildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: