SportUz.Net
photo photo

"Yuve" Pyanichni qaytarmoqchi. "Barsa" unga ishonch bildirmayapti va maoshining 50 foizini to'lashga tayyor

30.08.2021 10:25    


Rasmni yuklab olish

Yarim himoyachi Miralem Pyanich "Barselona"dan "Yuventus"ga qaytishi mumkin.

Italiya klubi yarim himoyani kuchaytirmoqchi. Pyanich - "Yuventus"ning asosiy varianti, klub "Barselona" bilan muzokaralar olib bormoqda.

"Yuventus" murabbiyi Massimiliano Allegriga Pyanichni qaytarish g'oyasi yoqmoqda, futbolchining o'zi ham qaytish niyatida.

"Barselona" xavbekka ishonch bildirmayapti va "Yuve"dagi faoliyati davomida uning 50% maoshini to'lashga tayyor.

"Yuventus" Aksel Vitcel va Koranten Tolissoni taklif etish variantini ko'rib chiqdi, ammo "Borussiya" (Dortmund) va "Bavariya" bilan yozgi transfer oynasida kelishish imkoni bo'lmadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: