Rimliklar mehmonda o'ynashlariga qaramay, "Salernitana" klubi darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritishdi. Jamoa sardori Pellegrini dublga erishdi. Hamyurtimiz Eldor SHomurodov 78-daqiqada Karles Peresning o'rniga zaxiradan o'yinga qo'shildi.
"Salernitana" – "Roma" 0:4
"Areki" stadioni
Gollar: 0:1 – 48 Pellegrini, 0:2 – 52 Veretu, 0:3 – 69 Abraxam, 0:4 – 79 Pellegrini.
"Salernitana" – Belec, Ayya, Domber, Yaroshinski (Skyavone, 84), Rudjeri, Kulibali, Obi (Kapecci, 68), Di Takko, Kulibali (Nvankvo, 56), Keshrida (Dzortea, 68), Bonaccoli (Kristoffersen, 84).
"Roma" – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Rojer, Vinya (Kalafori, 82), Mxitaryan (El-SHaaravi, 70), Veretu (Diavara, 83), Kristante, Pellegrini, Abraxam (Mayoral, 83), Karles Peres (SHomurodov, 78).
Ogohlantirishlar: Bonaccoli (35), Karles Peres (40), Ayya (50), Mxitaryan (67).