SportUz.Net
photo photo

Ibrohimxalil Yo'ldoshev "Jenoa"dan taklif bo'la turib, Rossiyaga yo'l olgan emish

29.08.2021 08:50    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev terma jamoa, Rossiyadagi debyuti haqida gapirdi.

—Terma jamoa yig'ini haqida gapirib bersangiz...

— Srechko Katanec terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bugungi yig'ilishda murabbiy o'z talablarini aytdi. Talabchanligi bilan boshqa murabbiylardan ajralib turadi. U jamoani jipslashtirishga harakat qilmoqda. 


Rossiyadagi debyutingiz qanday o'tdi?

— Rossiyaga borganimga bir hafta bo'ldi. Ikki kun mashg'ulotlarda ishtirok etdim. Kerjakovga minnatdorchilik bildiraman, u menga asosiy tarkibda ishonch bildirdi. Ishonchni oqlashga harakat qilaman.


Rossiya chempionatiga yo'l olishingiz qanday sodir bo'ldi? Sizni "Jenoa"da ko'ramiz deb o'ylagandik...

— Evropadan takliflar bo'ldi, ilk variant aynan "Jenoa" edi. Eldor SHomurodov menga dastlab Rossiyada o'z iqtidorimni ko'rsatib, keyinchalik Evropaga yo'l olishni maslahat berdi. O'zim ham shu fikrdaman.


Terma jamoadagi raqobat haqida fikringiz. Qachon Farrux Sayfievni to'liq tarkibdan chiqarib tashlay olasiz?

 — (Kuladi) Terma jamoa klubga nisbatan yuqori pog'onada turadi. Jamoada sog'lom raqobat bo'lishi kerak, Farrux Sayfievni chiqarib tashlash niyatim yo'q.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: