SportUz.Net
photo photo

SHomurodovning transferi polshalik qizaloqning oilasi topilishda yordam berdi

28.08.2021 19:25    


Rasmni yuklab olish

Aytgancha, "Roma"ning bu kampaniyasi bilan 12 nafar bola oilasiga qaytarilgan!

Eldor SHomurodovning "Roma"ga o'tishi klubga nafaqat maydonda (Konferenciyalar Ligasidagi debyut o'yinda gol, A Seriya 1-turida assist), balki arena tashqarisida ham katta omad olib keldi.

O'zbek forvardining Rim klubiga o'tishi haqidagi elon polshalik qizchani topishda yordam berdi. Qanday qilib deysizmi? Gap shundaki, "Roma" 2019 yildan buyon ko'proq etibor jalb qilish uchun dunyoning turli burchaklaridan yo'qolgan bolalar fotosuratini transfer videolariga ham kiritib ketadi. Klub shu tariqa o'sha bolalarga ko'proq etibor jalb qilinishiga erishishga harakat qiladi. Agar kimdir yo'qolgan bo'lsa, klub u bilan bog'lanish mumkin bo'lgan xayriya tashkilotlarining raqamlarini qoldiradi.

SHomurodov bilan bo'lgan omadli hodisani qo'shib hisoblasak, "Roma" Buyuk Britaniya, Italiya, Greciya, Belgiya, Keniya va endi esa Polshadan umumiy 12 nafar bolakay topilishida ko'maklashdi.

Eldor bundan juda baxtiyor:

"Bir bolaning topilishi va bu bilan bir oilaning tashvishi engillashishida qaysidir manoda mening ham hissam qo'shilganidan juda xursandman. Futbol olamidagi mashhurligini yaxshilikka sarflaydigan klubning bir bo'lagi ekanimdan faxrlanaman".

"Bu kampaniyani barchamiz qo'llab-quvvatlaymiz. Klub 12 nafar bola oilasi bag'riga qaytishiga yordam berganidan faxrlanadi, — deydi klubning marketing bo'yicha direktori Maks van den Dul. — Lekin albatta, asosiy ishni tashkilotlar bajaradi. Ular bizga qo'ng'iroq qilib, yana bir bolakay o'z oilasini topgani haqida xabar berishadi. Bunday xabarlarni eshitib, to'g'risi, boshimiz osmonga etadi".


Nozima Zaripova tarjimasi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: