SportUz.Net
photo photo

Rasmiy xabar. Srechko Katanec - O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi

27.08.2021 15:25    


Rasmni yuklab olish

Bugun Srechko Katanecning O'zbekiston futbol associaciyasi bilan shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

SHartnomaga ko'ra, sloveniyalik mutaxassis 2025 yilga qadar O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi. 

Malumot o'rnida, Srechko Katanec 1963 yilda Sloveniyaning Lyublyana shahrida tavallud topgan. 1981-1994 yillar davomida «Partizan», «SHtutgart», «Sampdoriya» kabi jamoalarda to'p surgan. Ushbu davr mobaynida A-Seriya va Italiya kubogini qo'lga kiritgan, shuningdek, UEFA CHampionlar ligasi va UEFA Kubogi final uchrashuvlarida ishtirok etgan hamda Evropa Kubok egalari kubogida zafar quchgan.

Murabbiylik faoliyatida esa Makedoniya, Birlashgan Arab Amirligi, Sloveniya va Iroq milliy terma jamoalarini boshqargan. Srechko Katanes tarixda birinchi bor Sloveniya milliy terma jamoasini Jahon va Evropa chempionatlariga olib chiqqan murabbiy hisoblanadi. 

SHuningdek, Milliy jamoamiz murabbiylar shtabida 5 nafar xorijlik mutaxassis ish olib boradi. Alesh CHex va Vlado Radmanovich yordamchi murabbiy sifatida Srechko Katanecga ko'maklashadi. Martin Magister jamoa azolarining jismoniy tayyorgarligiga javobgar bo'ladi. Nihad Peykovich esa darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi. SHuningdek, shtabdan fizioterapevt Ian Katanec o'rin olgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: