SportUz.Net
photo photo

8 yil avval Ronaldu "Man Siti"ga o'tishi haqida nima degandi?

26.08.2021 17:25    


Rasmni yuklab olish

O'shanda portugaliyalik yulduz shaharning boshqa jamoasi "Manchester Yunayted" safida to'p tepardi.

"Manchester Siti"ga ehtimoliy transferi borasida 2013 yil Krishtianu Ronaldu shunday degandi: "Manchester Yunayted" emas, "Manchester Siti" safida to'p tepish? Men bunday qilmayman. Nega? CHunki mening yuragim "Manchester Yunayted".

Men "Manchester Siti" uchun maydonga tushish juda, juda, juda, juda, juda, juda, juda, juda, juda, juda, juda qiyin bo'lishini aytishim mumkin. "Manchester Yunayted" sababligina juda qiyin.

Sizningcha, pul mening fikrimni o'zgartirishi mumkinmi? Agar siz pulni birinchi o'ringa qo'yadi deb o'ylasangiz, men hoziroq Qatarga yo'l olishim kerak, menimcha, u erda "Manchester Siti"dan ko'proq maosh to'lashsa kerak. Gap pulda emas, ehtiroslarda".

Bugungi kunga kelib, Ronaldu 31 avgustga qadar "Yuventus"ni tark etishga urinayotgani aytilmoqda, "Manchester Siti" esa 36 yoshli forvard xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: