SportUz.Net
photo photo

Eshitdik-da: O'zbekiston MTJ tarkibida Ravshan Haydarov ham bo'ladi

20.08.2021 11:25    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Srechko Katanec Toshkentga tashrif buyurganidan xabaringiz bor.

Kecha sloveniyalik mutaxassis "Bunyodkor", "Paxtakor", AGMK stadionlari, shuningdek MOQ binosiga tashrif buyurdi. Bugun esa katta ehtimol bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. 

Bizga malum bo'lishicha, yangi tuziladigan O'zbekiston milliy terma jamoasiga Srechko Katanec o'zi bilan ikki nafar yordamchi olib keladi. SHuningdek, murabbiylar shtabidan Ravshan Haydarov ham o'rin oladi. Katanec boshchiligidagi murabbiylar shtabida o'zbekistonlik mutaxassis ham bo'lishi ko'zda tutilgan va O'FA bu borada Haydarov nomzodini ilgari surgan. 

Bilasiz, ayni paytda Ravshan Haydarov O'zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: