SportUz.Net
photo photo

Rasman: Oston O'runov "Ufa"ga ijara asosida o'tdi. U to'liq klub o'yinchisiga ham aylanishi mumkin

19.08.2021 18:50    


Rasmni yuklab olish

"Spartak" yarim himoyachisi Oston O'runov "Ufa"ga qaytdi.

Klublar 20 yoshli xavbekning 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan xarid qilish huquqiga ega ijarasi borasida kelishuvga erishishdi.

Qayd etish kerakki, malum bir shartlar evaziga xarid qilish huquqi majburiy bo'lishi mumkin.

O'runov o'tgan mavsum oldidan "Spartak"ga aynan "Ufa"da 1 million evro evaziga o'tgan, so'ngra bir muddat Boshqirdiston jamoasida ijara asosida ham o'ynagan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: