SportUz.Net
photo photo

"Real" Ronalduning qaytishini ko'rib chiqmaydi. Klub bu bosqich yakunlangan deb hisoblaydi

17.08.2021 19:25    


Rasmni yuklab olish

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Real"ga qaytmaydi.

Oldinroq jurnalist Edu Agirre "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti portugaliyalikni jamoasida ko'rishni xohlayotganini malum qilgan edi.

Italiyalik mutaxassis 36 yoshli o'yinchini yuqori baholaydi va u bilan aloqani qo'llab-quvvatlaydi, ammo "Real" Ronalduni ortga qaytarishni rejalashtirmayapti.

Bir necha oy oldin "Real"ga Ronaldu bilan shartnoma imzolash taklif etilgan, ammo bu taklif ispan grandi tomonidan rad etilgan edi. Madrid klubi Krishtianuning "Real"dagi ishtiroki yakunlangan deb hisoblaydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: