SportUz.Net
photo photo

SHomurodov debyut golini urgan, hakam rimliklarga 4 ta qizil kartochka ko'rsatgan o'yinda "Roma" mag'lub bo'ldi

08.08.2021 08:50    


Rasmni yuklab olish

Terma jamoamiz hujumchisi Eldor SHomurodov kecha oqshom "Roma" - "Betis" o'rtoqlik uchrashuvida yangi jamoasida debyut qildi.

Betis" va "Roma" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv haqiqiy dramaga aylandi. Hamyurtimiz o'zining debyut o'yinidayoq gol va golli uzatmani amalga oshirishga erishdi. Eldor 68-daqiqada almashtirildi. 

Ikkinchi bo'lim juda asabiy kechdi. Hakam umumiy hisobda 4 bor qizil kartochka ko'rsatdi (barchasi "Roma" azolariga). Hammasi "Betis"ning qo'l bilan kiritgan uchinchi golidan boshlandi. Pellegrini golni inobatga olgan hakamga etiroz bildirdi va qizil kartochka bilan jazolandi. 

Pellegrining chetlatilishidan g'azabga tushgan Joze Mourinyu esa maydonga tushib ketdi va u ham qizil kartochka ishlab oldi. SHundan so'ng, Manchini va Rik Karsdorplar ham maydondan chetlatildi. 

SHu tariqa, "Roma" o'yinni 8 kishi bo'lib yakunlab qo'ydi. "Betis" esa osonlik bilan, o'ziga kerakli hisobni qayd etib qo'ydi.

O'rtoqlik o'yini. "Betis" - "Roma" 5:2

Gollar: 4' Rodri, 27' ELDOR SHOMURODOV! 30' Fekir, 51' Manchini, 58' Moreno, 80' Telo, 83' Robert

CHetlatishlar: Pellegrini, Joze Mourinyu, Manchini, Rik Karsdorp

Roma: Rui Patrisiu (Fuzato), Karsdorp, Manchini, Smolling (Ibanez), Kalafori, Diavara (Veretu), Kristante (Bove), Zanolo (Perez), Pellegrini, Mxitaryan (El SHaaravi), Eldor SHomurodov (Kumbulla)

Betis:
Rui Silva, Sabalya (Mantoya), Edgar, Viktor Ruiz, Aleks Moreno, Paul (Robert), Kanales (Guardado), Rodri (Karvalo), Aytor Ruibal (Xaukin), Fekir, Borxa (Telo)

Eldor SHomurodovning goli:

SHomurodovdan golli harakat:



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: