SportUz.Net
photo photo

Messi bilan o'ynash uchungina Mbappe PSJ bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

07.08.2021 12:50    


Rasmni yuklab olish

Transfer bozori nihoyasiga yaqinlashgani sari, "harorat oshib bormoqda".

Turli manbaalarning xabarlariga ko'ra, "Barselona" bilan xayrlashgan Messi tobora Parijga yaqinlashib bormoqda. Ushbu vaziyatni "Qirollik klubi" hamda uning muxlislari ham sinchkovlik bilan kuzatishmoqda. Avvaliga Leo Messi PSJga ko'chib o'tishi haqidagi xabarlar "Real" muxlislarini xursand qilgandi. Bunga sabab sifatida, argentinalik jamoaga kelsa, PSJ tarkibdan kattaroq narxga ega kimnidir sotishga majburligi va bu tanlov katta ehtimol bilan Mbappe bo'lishi aytilayotgandi. 

Ammo endi vaziyat o'zgarib ketishi hamda Kilianning o'zi Messi bilan birga malum muddat bir jamoada to'p tepish uchun shartnoma muddatini uzaytirishi mumkinligi aytilmoqda.   



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: