SportUz.Net
photo photo

"Jenoa" SHomurodovning keyingi sotuvidan 20% ulush oladi

04.08.2021 12:25    


Rasmni yuklab olish

"Roma" agar o'zbekistonlik hujumchini sotsa, uning sobiq klubi bo'lmish "Jenoa" ushbu bitimdan 20% ini o'ziniki qiladi.

"Roma" hafta boshida 26 yoshli SHomurodovni 17,5 million evroga xarid qilganini elon qildi. Rim klubi shuningdek keyingi sotuvdan "Jenoa" ulush olishini xabar qildi.

"Transfer bo'yicha kelishuvga o'tgan haftadayoq erishilgandi. Ijara va keyinchalik xarid qilish asosiy variant edi. O'yinchini ijaraga olishlari, "Roma" tarkibidagi ilk rasmiy o'yinidan so'ng to'liq o'yinchini xarid qilish amalga oshishi kerak edi. Ammo, yakunda to'liq transfer va keyingi transferdan 20% atrofidagi bonusga to'xtalishdi", - deydi vaziyatdan xabardor manba.

"Roma"dagi suhbatdoshning qo'shimcha qilishicha, shuningdek genuyaliklar uchun SHomurodovning "bo'rilar" tarkibidagi ishtiroki bilan bonuslar ham ko'zda tutilgan.

"SHartnomada bonuslar zinapoyasi ko'rsatilgan - 5 yil davomida klub tarkibidagi 15, 30 va 45ta o'yin uchun. Umuman olganda, "Jenoa" o'yinchining ishtiroki orqali yana 2 mln evro atrofida olishi mumkin", - deydi u.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: